Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Alpomish MSG, ko‘ch. Buyuk Ipak Yo‘li, 127a

Yangiliklar

Barcha voqealardan xabardor bo'lish uchun so'nggi yangiliklarga qo'shiling. Bu yerda siz joriy e'lonlar, qiziqarli moliyaviy voqealar va mahsulotlarimiz sharhlarini topasiz. Muhim yangilanishlarni o'tkazib yubormang - moliyaviy yangiliklarni biz bilan kuzatib boring!

agat credit obligatsiyalari bo‘yicha to‘rtinchi to‘lov endi UzCSD ilovasida

Hurmatli investorlar!Bugun "agat credit" AJ ning iyul oyi uchun obligatsiyalari bo‘yicha to‘rtinchi kupon to‘lovi amalga oshirildi. Mablag‘lar Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi (QMD) tizimi orqali avtomatik tarzda shaxsiy hisoblaringizga o‘tkazildi.Bu moliyaviy barqarorligimiz va har bir investor oldidagi mas’uliyatimizning navbatdagi tasdig‘idir.Mablag‘larni nazorat qilish va yechib olish uchun UZCSD mobil ilovasidan foydalaning. "Mablag‘larni yechib olish" tugmasini bosishingiz kifoya - pul zudlik bilan bank kartangizga kelib tushadi.Ilova Google Play va App Store'da mavjudAgat Invest — ishonchlilik amalda isbotlangan.

OAV biz haqimizda: Spot.uz agat credit obligatsiyalarining rekord joylashtirilishi haqida xabar berdi

2025-yil 25-iyulda Spot.uz ishbilarmonlik nashri agat credit’ning ajoyib yutug‘i haqida material e’lon qildi. Kompaniya obligatsiyalar chiqarish orqali atigi 2,5 soat ichida 30 milliard so‘m mablag‘ jalb qilishga erishdi.Bu yutuq kompaniyaning O‘zbekiston mikromoliyaviy xizmatlar bozoridagi yuksak nufuzini va investorlarning unga bo‘lgan ishonchi yuqori ekanligini tasdiqlaydi.To‘liq maqolani quyidagi havola orqali o‘qishingiz mumkin:Maqolani Spot.uz’da o‘qishagat credit — ishonch qozongan barqarorlik.

agat credit aksiyadorlik jamiyatiga aylandi

agat credit - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2018-yil 15-dekabrdagi 53-sonli litsenziyasi asosida 2018-yildan buyon O‘zbekiston bozorida faoliyat yuritayotgan, jadal rivojlanayotgan mikromoliya tashkiloti. Bugungi kunda kompaniyada 150 dan ortiq xodim ishlaydi, faol mijozlar soni 5000 dan oshgan va tarmoq mamlakatning 12 ta hududida 45 ta filialdan iborat.So‘nggi uch yilda berilgan kreditlar hajmi 400 milliard so‘mdan oshdi. Faoliyatning asosiy yo‘nalishi - kichik va mikro biznesni, shu jumladan o‘zini o‘zi band qilganlar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni moliyalashtirish. 2027-yilgacha agat credit butun mamlakat bo‘ylab yana 250 ta savdo nuqtasini ochishni rejalashtirmoqda.2025-yil 24-iyuldan boshlab kompaniya rasman yangi formatga o‘tib, "AGAT CREDIT" ММТ AJ maqomiga ega bo'ldi.Bu rivojlanishning muhim bosqichidir. Yangi maqom faoliyat ko‘lamini kengaytirish uchun ko‘proq imkoniyatlar yaratadi, nazorat va shaffoflikni kuchaytiradi, shuningdek, investitsiyalarni jalb qilish va mahsulotlar turlarini ko‘paytirish uchun qulay sharoit yaratadi.MChJ dan AJ ga o'tish bo'yicha hujjatlar bilan ushbu havola orqali tanishish mumkinBiz bilan birga o‘sayotganingiz uchun tashakkur.

agat credit obligatsiyalari rekord muddatlarda sotib olindi

2025-yil 23-iyul kuni agat credit 30 milliard so‘mlik obligatsiyalarning ikkinchi chiqarilishini joylashtirishni muvaffaqiyatli yakunladi. Savdo boshlanganidan beri atigi 3 soat ichida barcha hajm investorlar tomonidan to‘liq sotib olindi. Bu kompaniya tarixidagi rekord va butun O‘zbekiston moliya bozori uchun muhim voqea bo‘ldi.Obligatsiyalar yillik 28 foizlik belgilangan daromadlilik, har oylik foiz to‘lovi va 12 oylik muomala muddati bilan taklif etilgan.Joylashtirish natijalari investorlarning shaffof shartlar va jozibador daromadlilikka ega vositalarga bo‘lgan yuqori qiziqishini tasdiqladi. 2025-yil boshida agat kredit obligatsiyalarining birinchi chiqarilishi ham yuqori talab bilan o‘tdi, biroq ikkinchi emissiya mamlakat moliya bozori uchun yangi marrani egalladi.Yangiliklarni kuzatib boring — agat credit obligatsiyalarining uchinchi chiqarilishi tez orada boshlanadi

agat credit obligatsiyalarning ikkinchi chiqarilishini e’lon qiladi!

2025-yil 23-iyulda "agat credit" kompaniyasi yillik 28 foiz qat’iy daromadli obligatsiyalarning ikkinchi chiqarilishini rasman yo‘lga qo‘ydi. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi va "agat credit" MFO MCHJ Kuzatuv kengashi tomonidan ma’qullandi.Daromadlilik: yillik 28%Shaffof shartlar va ishonchli kafolatlarMinimal xatarlar, yuqori barqarorlikMazkur chiqarilish kompaniyaning muvaffaqiyatli investitsiya dasturining davomi bo‘lib, sarmoyadorlar uchun uzoq muddatli, foydali va xavfsiz yechimlarni yaratishga qaratilgan. Kompaniya xususiy va korporativ sarmoyadorlar uchun yangi moliyaviy imkoniyatlar ochib, investitsiya mahsulotlari turlarini faol rivojlantirishni davom ettirmoqda.Bugunoq sarmoyador bo‘lishingiz mumkin:agatinvest.uz saytiga kiring va bir necha bosish orqali obligatsiyalarni sotib oling!agat invest — barqarorlik va ishonchlilikni qadrlaydigan insonlar uchun.Ishonchga sarmoya kiriting. Kelajakka investitsiya qiling.

Farg‘onada Аgat Сredit mijozlari uchun moliyaviy savodxonlik seminari

23-iyul kuni soat 10:00 da Farg‘ona shahrida Biznes xizmatlar paketini rasmiylashtirgan Agat Credit mijozlari uchun moliyaviy savodxonlik seminari o‘tkaziladi.Tadbir "KOICA" Kasb-hunarga o‘qitish markazida bo‘lib o‘tadi.Seminar doirasida ishtirokchilar quyidagilar bo‘yicha amaliy tavsiyalar olishadi:- shaxsiy va biznes moliyalarini rejalashtirish hamda hisobga olish;- kreditlardan foydalanishda keng tarqalgan xatolarning oldini olish;- qarz yukini oqilona boshqarish va moliyaviy barqarorlikni oshirish.Seminar jonli muloqot shaklida o‘tkazilib, mutaxassislarga savollar berish imkoniyati taqdim etiladi.Ishtirok etish bepul bo‘lib, faqat agat credit kompaniyasining Biznes xizmatlarini rasmiylashtirgan mijozlar uchun mo‘ljallangan.Sana: 2025-yil 23-iyulVaqt: 10:00Manzil: Farg‘ona shahri, "KOICA" Kasb-hunarga o‘qitish markaziAgat Credit ishonchingiz uchun minnatdorchilik bildiradi va o‘z mijozlarini nafaqat moliyaviy jihatdan, balki bilim bilan ham qo‘llab-quvvatlaydi. Sizni seminarda kutib qolamiz!

agat credit moliyaviy savodxonlik bo‘yicha seminar o‘tkazadi

2025-yil 21-iyul kuni soat 10:00 da agat credit moliyaviy savodxonlik mavzusida ochiq seminar tashkil etadi. Tadbir Grand Zero (Minor)da bo‘lib o‘tadi. Manzil: https://yandex.uz/maps/-/CHH4RSJa Seminarda siz quyidagilarni o‘rganasiz: — shaxsiy byudjetni qanday samarali boshqarish; — qarzga botib qolishdan qanday saqlanish; — moliyaviy mahsulotlar va kreditlardan to‘g‘ri foydalanish. Ishtirok etish bepul. Barcha istaganlarni taklif qilamiz — bu foydali, amaliy va tushunarli bo‘ladi.

28% yillik daromad: agat credit obligatsiyalarning ikkinchi chiqarilishini yo‘lga qo‘ymoqda: yillik daromad 28%

2025-yil 8-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi va "AGAT CREDIT" MMT MCHJ Kuzatuv kengashi a’zolari mikromoliya tashkilotining obligatsiyalar emissiyasi to‘g‘risidagi ikkinchi risolani rasman ma’qulladilar.Biz fuqarolarga kapitalni ko‘paytirish uchun ishonchli va shaffof vositani taqdim etish orqali investitsiya imkoniyatlarini kengaytirishni davom ettirmoqdamiz.Ikkinchi chiqarilishning shartlari:✔️ Belgilangan foiz stavkasi — yillik 28%✔️ Foizlar to‘lovi — har oyda bank kartasiga✔️ Mablag‘larni kiritish va yechib olishda 0% komissiya✔️ To‘liq shaffoflik — yashirin shartlar mavjud emas✔️ Ishonchlilik kafolati va belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishAgat Credit yuqori daromadlilik va to‘liq moliyaviy ochiqlikka ega bo‘lgan haqiqiy daromad vositalarini taklif etish orqali investorlarning ishonchini mustahkamlamoqda.

O‘zbekiston kapital bozori: investitsiya uchun yangi imkoniyatlar

1-iyul kuni Toshkent shahrida "Kursiv Uzbekistan" munozara platformasining "O‘zbekiston kapital bozori: investitsiya uchun yangi imkoniyatlar" mavzusidagi konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.agat credit mikromoliya tashkiloti Kuzatuv kengashi raisi Mangitov Arman Axtureyevich "O‘zbekiston obligatsiyalar bozori: investitsiya kiritishning yangi vositalari" mavzusidagi ikkinchi panel muhokamasida ma’ruza qildi va obligatsiyalarni mahalliy fond bozorida joylashtirish bo‘yicha o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.Sessiyaning boshqa ishtirokchilari - Spartak Tetrashvili (TBC Bank direktorlar kengashi raisi), Marat Nurmamatov (ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi bosh direktori o‘rinbosari), Behruz Ochilov (Alkes Research’ning investitsiya bankingi bo‘yicha direktori) va Oybek Mamajanov (Uzum moliyaviy direktori o‘rinbosari) bilan birgalikda banklardan tortib moliya texnologiyalarigacha bo‘lgan asosiy ishtirokchilar korporativ obligatsiyalar bozori qanday o‘zgarayotgani, qaysi vositalar allaqachon ishlayotgani va bozor ommaviy bo‘lishi uchun yana nimalar kerakligi haqida so‘zlab berdilar.agat credit kompaniyasi 40 mlrd so‘mlik obligatsiyalarning birinchi emissiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Emissiya yillik 29 foiz stavka bilan va bitta obligatsiyaning nominal qiymatini 100 000 so‘m qilib belgilagan holda amalga oshirildi, bu esa chakana investorlar uchun keng imkoniyatlarni ta’minlash va kompaniyaning investitsiya bazasini kengaytirish imkonini berdi."Bizning portfelimiz qisqa muddatli. Biz bir yilgacha bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar bilan samarali ishlay olamiz. Bizga uzoq muddatli qarz emas, moslashuvchan moliyalashtirish kerak" – ta’kidladi Mangitov Arman.Shuningdek, agat credit Kuzatuv kengashi raisi tashkilotning Qozog‘iston fond birjasida xorijiy valyutadagi obligatsiyalarni joylashtirish bo‘yicha strategik rejalari bilan o‘rtoqlashdi va seminar ishtirokchilarining savollariga javob berdi. Muhokama ishtirokchilari keyingi bosqich O‘zbekiston aholisi va biznesi o‘rtasida bozorga bo‘lgan ishonchning ortishi bo‘ladi, degan yakdil fikrga kelishdi. Infratuzilma - market-meykerlar, ikkilamchi savdo uchun platforma, ma’lumotlarga kirish imkoniyati zarur. Ayniqsa, kichik va o‘rta biznes segmentida emitentlar doirasini kengaytirish ham muhim ahamiyatga ega. Ko‘rsatilgan barcha chora-tadbirlar respublika moliya bozorining barqaror va muvozanatli rivojlanishini ta’minlovchi asosiy omil bo‘ladi. "O‘zbekiston kapital bozori: investitsiya uchun yangi imkoniyatlar" maqolasini to‘liq Kursiv Uzbekistan saytida o‘qing.