23-iyul kuni soat 10:00 da Farg‘ona shahrida Biznes xizmatlar paketini rasmiylashtirgan Agat Credit mijozlari uchun moliyaviy savodxonlik seminari o‘tkaziladi.
Tadbir "KOICA" Kasb-hunarga o‘qitish markazida bo‘lib o‘tadi.
Seminar doirasida ishtirokchilar quyidagilar bo‘yicha amaliy tavsiyalar olishadi:
- shaxsiy va biznes moliyalarini rejalashtirish hamda hisobga olish;
- kreditlardan foydalanishda keng tarqalgan xatolarning oldini olish;
- qarz yukini oqilona boshqarish va moliyaviy barqarorlikni oshirish.
Seminar jonli muloqot shaklida o‘tkazilib, mutaxassislarga savollar berish imkoniyati taqdim etiladi.
Ishtirok etish bepul bo‘lib, faqat agat credit kompaniyasining Biznes xizmatlarini rasmiylashtirgan mijozlar uchun mo‘ljallangan.
Sana: 2025-yil 23-iyul
Vaqt: 10:00
Manzil: Farg‘ona shahri, "KOICA" Kasb-hunarga o‘qitish markazi
Agat Credit ishonchingiz uchun minnatdorchilik bildiradi va o‘z mijozlarini nafaqat moliyaviy jihatdan, balki bilim bilan ham qo‘llab-quvvatlaydi. Sizni seminarda kutib qolamiz!