agat credit bilan birga orzularingizga va niyatlarizga erishing
Bizning vazifamiz – bu sizning barcha istaklaringiz, orzularingiz va maqsadlaringiz mujassamligi. Biz sizni moliyaviy muvaffaqiyat yo‘lida qo‘llab-quvvatlaymiz.
Biznes krediti
Agat credit mikrokreditlari bilan muvaffaqiyatingizni moliyalashtirish! 300 million so‘mgacha bo‘lgan mikrokreditni 36 oygacha muddatga qulay foiz stavkasida olishingiz mumkin. Agat credit biznes-krediti — biznesingizni moliyalashtirish uchun qulay yechim. Biz sizga tadbirkorlik yo‘lingizda yordam beradigan 8,5 milliondan 300 million so‘mgacha mikrokreditlarni taklif etamiz.
Mikroqarz - bu har qanday maqsadga tezkor pul olish yo‘li (ariza 24 soat ichida rasmiylashtiriladi) va sizning zudlik bilan moliyaviy yordam olishingiz uchun imkoniyatdir!
Kredit to‘lovi va uni so‘ndirish usullari haqida ma’lumot
Hurmatli mijozlar! "agat credit" MMT MChJ kredit shartnomasi bo‘yicha majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarish zarurati haqida eslatib o‘tadi. Qarzdorlikni so‘ndirish belgilangan to‘lov kunidan kechiktirmay amalga oshirilishi lozim. Muddati o‘tgan qarzdorlik va uni ixtiyoriy ravishda to‘lamaslik vaziyati yuzaga kelgan holda, hamkor to‘lov tizimlari orqali bank kartangizdan mablag‘lar sizning roziligingizсiz yechib olinishi mumkin.Bunda operatorning komissiya to‘lovi yechib olinadigan summaning 2,7 foizigacha bo‘lishi mumkin.TO‘LOV USULI: Komissiyasiz: agat credit kassasiBo‘limlar: Kapitalbank, Asia Alliance Bank, TRAST BankSello Pay platformasi:Google PlayApp Store1% Komissiya bilan: Payme Click Paynet
agat credit O‘zRVB va Freedom Finance bilan DQQ va REPO bozorini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi
Agat Credit O‘zRVB va Freedom Finance bilan o‘tkazilgan ishbilarmonlik uchrashuvida ishtirok etdi. Unda yuridik shaxslarni davlat qimmatli qog‘ozlari (DQQ) bozoriga va REPO bitimlariga jalb etishning aniq mexanizmlari muhokama qilindi.Yangilangan savdo infratuzilmasi birja vakillari tomonidan taqdim etildi: xalqaro standartlar (ISIN) bilan uyg‘unlashtirish, vositachilik haqlarini kamaytirish, DQQlarni joylashtirishning egiluvchan shakllari va bitimlar bo‘yicha avtomatik hisob-kitoblar. Bu qadamlar savdoning likvidligi, shaffofligi va qulayligini oshirishga qaratilgan.2024-yil yakunlariga ko‘ra, bozor kuchli o‘sishni namoyish etdi: DQQ bo‘yicha bitimlar hajmi 62,2 trillion so‘mni, REPO bo‘yicha bitimlar hajmi esa 281,1 trillion so‘mni tashkil etdi.Agat Credit bunday tashabbuslarda ishtirok etgan holda kompaniyaning uzoq muddatli investitsiya yechimlarini rivojlantirish va O‘zbekistonda yetuk moliya bozorini shakllantirishga o‘z hissasini aks ettiradi.Maqolaga havola: Kapital
agat invest’dan ilk daromad - kupon to‘lovlari boshlandi!
"agat invest" obligatsiyalar bo‘yicha ikkinchi kupon to‘lovini amalga oshirdiBugun "agat invest" investorlari ikkinchi marta kupon daromadini oldilar. Mablag‘lar Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi tizimi orqali avtomatik ravishda shaxsiy hisobvaraqlarga o‘tkazildi.Mablag‘larni qulay nazorat qilish va yechib olish uchun UZCSD mobil ilovasidan foydalaning. Ilovada "Mablag‘larni yechib olish" tugmasini bosishingiz kifoya, shunda pul darhol bank kartangizga kelib tushadi.Ilovani Google Play va App Store'dan yuklab olishingiz mumkin."agat invest" kompaniyasi o‘zining moliyaviy barqarorligini va investorlar oldidagi majburiyatlarini bajarayotganini tasdiqlaydi
Kredit kalkulyatori namoyish etuvchi vosita hisoblanadi va kredit stavkasining bor-yo‘g‘i dastlabki hisobini ko‘rsatadi. To‘lovning yakuniy summasi sizning arizangiz ko‘rib chiqilgandan so‘ng kredit qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi.