Bugun investorlarimiz agat Invest obligatsiyalari bo‘yicha dastlabki kupon to‘lovlarini qo‘lga kiritishdi. Bu kompaniya taraqqiyotidagi muhim bosqich bo‘lib, nafaqat uning moliyaviy barqarorligini, balki bizga o‘z mablag‘larini ishonib topshirgan har bir kishi oldidagi yuksak mas’uliyatini ham tasdiqlamoqda.
Kupon daromadi Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi tizimi orqali investorlarning shaxsiy hisobvaraqlariga o‘tkazib berildi. Barchasi avtomatik tarzda, shaffof va qulay amalga oshiriladi - aynan shu yo‘sinda biz mijozlarimiz bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘ymoqdamiz.
Kupon to‘lovlarini kuzatib borish uchun "UZCSD" ilovasini yuklab oling:
Biz Agat Invest’ning kapitalni saqlash va ko‘paytirish uchun ishonchli vositalarni taklif etib, obligatsiyalar bozorida yetakchilik maqomini mustahkam saqlab kelayotganidan faxrlanamiz. Investorlarning tobora ortib borayotgan qiziqishi bizning strategiyamiz va maqsadimizning eng yaxshi isbotidir.
Ishonchingiz va hamkorligingiz uchun tashakkur. Biz siz bilan birga olg‘a intilamiz!