Hurmatli investorlar!
Sizga shuni ma’lum qilamizki, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi munosabati bilan - O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi O‘RQ-1057-sonli Qonuni hamda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2024-yil 28-iyundagi 3523-sonli buyrug‘iga asosan - "AGAT CREDIT" MMT MChJ obligatsiyalari bo‘yicha foizli daromadlarni (kupon to‘lovlarini) to‘lash tartibi yangilandi.
Bundan buyon barcha kupon to‘lovlari investorlarning "Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi" AJ mobil ilovasidagi shaxsiy hisobvaraqlariga o‘tkazib beriladi.
Ishonchingiz va hamkorligingiz uchun tashakkur!