Sizning viloyatingiz
Toshkent?

Filiallar ro‘yxatidan viloyatingizni tanlang

Viloyatingizni tanlang

Toshkent
Samarqand
Buxoro
Xorazm
Farg‘ona
Andijon
Namangan
Jizzax
Navoiy
Sirdaryo
Surxondaryo
Qashqadaryo
Qoraqalpog‘iston
11.09.2026

agat credit’da biz g‘amxo‘rlik oddiy amallarda namoyon bo‘lishiga ishonamiz

agat credit’da biz g‘amxo‘rlik oddiy amallarda namoyon bo‘lishiga ishonamiz. Ofisimiz hududida ko‘cha mushuklari uchun kichik bir uycha paydo bo‘ldi. Bu yerda ular yomon ob-havodan panoh topib, o‘zlarini xavfsiz his qilishlari mumkin. Uning yonida esa doim quruq ozuqa va toza suv bor. Biz shu bilan to‘xtab qolmaymiz. Bu joyni yanada qulay va obod qilish uchun uycha atrofini obodonlashtirishda davom etamiz. Endi mo‘ynali mehmonlarimizning shunchaki boshpanasi emas, balki o‘zlarining iliq va shinam burchaklari bor. Biz atrofimizdagi olamni mijozlarimiz, jamoamiz va yonimizda yashovchilar uchun bir oz bo‘lsa-da, yaxshiroq qilishga intilamiz.
В agat credit мы верим, что забота проявляется в простых поступках
Bularni ham o'qing

OAV biz haqimizda: Spot.uz agat credit obligatsiyalarining rekord joylashtirilishi haqida so‘zlab berdi

OAV biz haqimizda: Spot.uz agat credit obligatsiyalarining rekord joylashtirilishi haqida so‘zlab berdi 2025-yil 25-iyul kuni Spot.uz biznes nashri agat credit’ning ajoyib yutug‘i haqidagi materialni e’lon qildi. Kompaniya obligatsiyalar chiqarish orqali 30 milliard so‘m jalb qildi - va bu 2,5 soat ichida. Ushbu yutuq kompaniyaning O‘zbekiston mikromoliyaviy xizmatlar bozoridagi yuqori obro‘sini tasdiqlaydi va investorlar tomonidan yuqori darajadagi ishonchni ko‘rsatadi. To‘liq materialni quyidagi havola orqali o‘qishingiz mumkin: Maqolani "Spot.uz"da o‘qing agat credit - ishonch bildirilgan barqarorlik.

Batafsil 25.07.2025

аgat credit obligatsiyalarning birinchi chiqarilishi bo‘yicha majburiyatlarini muvaffaqiyatli bajardi

"agat credit" MMT AJ obligatsiyalarning birinchi chiqarilishi to‘liq va o‘z vaqtida so‘ndirilganini ma’lum qiladi. Investorlarga barcha to‘lovlar qat’iy belgilangan shartlarga muvofiq va ko‘zda tutilgan muddatlarda amalga oshirildi: — kupon daromadi to‘liq hajmda to‘landi;
— asosiy qarz hech qanday kechikishlarsiz so‘ndirildi.

Birinchi obligatsiya chiqarilishining yakunlanishi — kompaniya rivojlanishidagi muhim bosqich hamda bozorda barqaror moliyaviy obro‘ni shakllantirish yo‘lidagi salmoqli qadamdir. Biz investorlar bilan o‘zaro hamkorlikning shaffof va ishonchli modelini izchil yo‘lga qo‘ymoqdamiz, unda mas’uliyat, intizom va zimmdagi majburiyatlarni bajarish asosiy tamoyillar bo‘lib qoladi.

agat credit kapital jalb etish yo‘nalishini rivojlantirishda va hamkorlar uchun qulay hamda tushunarli investitsiya vositalarini yaratish ustida ishlashda davom etadi.

Bildirilgan ishonch uchun investorlarga minnatdorchilik bildiramiz va kelgusidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikka ishonchimiz komil.

Batafsil 15.04.2026

“Agat Credit” ММТ AJ O‘zbekistonda kapital bozoridagi “Regulyativ qumdon” ishtirokchisi — emitentlardan biri sifatida rasman ro‘yxatga olindi

“Agat Credit” ММТ AJ O‘zbekistonda kapital bozoridagi “Regulyativ qumdon” ishtirokchisi — emitentlardan biri sifatida rasman ro‘yxatga olindi. Bu nimani anglatadi? Maxsus huquqiy rejim doirasida biz ichki bozorda birinchilardan bo‘lib xorijiy valyutada nominallangan korporativ obligatsiyalar chiqarishni va ularning muomalasini yo‘lga qo‘yamiz. Ilgari “Toshkent” Respublika fond birjasida korporativ obligatsiyalar faqat milliy valyuta — so‘mda joylashtirilar edi. Xorij valyutasida ilk emissiyamiz tashkilotchisi — yetakchi investitsiya vositachisi “Freedom Finance” MChJ XK hisoblanadi. Yangi moliyaviy vosita ham chakana, ham yirik institutsional investorlar uchun mavjud bo‘ladi. Ushbu loyihaning amalga oshirilishi mahalliy va xorijiy investorlar uchun yangi hamda ishonchli imkoniyatlar yaratadi!

Batafsil 17.06.2026

Ariza yuboring

Aloqa maʼlumotlaringizni kiriting, mutaxassisimiz siz bilan tez orada bog‘lanadi.

Ariza yuboring

Aloqa maʼlumotlaringizni kiriting, mutaxassisimiz siz bilan tez orada bog‘lanadi.

Toshkent
Samarqand
Buxoro
Xorazm
Farg‘ona
Andijon
Namangan
Jizzax
Navoiy
Sirdaryo
Surxondaryo
Qashqadaryo
Qoraqalpog‘iston