Sizning viloyatingiz
Toshkent?

Filiallar ro‘yxatidan viloyatingizni tanlang

Viloyatingizni tanlang

Toshkent
Samarqand
Buxoro
Xorazm
Farg‘ona
Andijon
Namangan
Jizzax
Navoiy
Sirdaryo
Surxondaryo
Qashqadaryo
Qoraqalpog‘iston
17.06.2026

“Agat Credit” ММТ AJ O‘zbekistonda kapital bozoridagi “Regulyativ qumdon” ishtirokchisi — emitentlardan biri sifatida rasman ro‘yxatga olindi

“Agat Credit” ММТ AJ O‘zbekistonda kapital bozoridagi “Regulyativ qumdon” ishtirokchisi — emitentlardan biri sifatida rasman ro‘yxatga olindi. Bu nimani anglatadi? Maxsus huquqiy rejim doirasida biz ichki bozorda birinchilardan bo‘lib xorijiy valyutada nominallangan korporativ obligatsiyalar chiqarishni va ularning muomalasini yo‘lga qo‘yamiz. Ilgari “Toshkent” Respublika fond birjasida korporativ obligatsiyalar faqat milliy valyuta — so‘mda joylashtirilar edi. Xorij valyutasida ilk emissiyamiz tashkilotchisi — yetakchi investitsiya vositachisi “Freedom Finance” MChJ XK hisoblanadi. Yangi moliyaviy vosita ham chakana, ham yirik institutsional investorlar uchun mavjud bo‘ladi. Ushbu loyihaning amalga oshirilishi mahalliy va xorijiy investorlar uchun yangi hamda ishonchli imkoniyatlar yaratadi!
АО МФО «Agat Credit» официально зарегистрировано одним из первых в Узбекистане эмитентов — участников «Регуляторной песочницы» на рынке капитала.
Bularni ham o'qing

agat credit aksiyadorlik jamiyatiga aylandi

agat credit - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2018-yil 15-dekabrdagi 53-sonli litsenziyasi asosida 2018-yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi bozorida faoliyat yuritib kelayotgan, jadal rivojlanayotgan mikromoliya tashkiloti. Bugungi kunda kompaniyada 150 dan ortiq xodim ishlaydi, faol mijozlar soni 5000 dan oshadi va tarmoq mamlakatning 12 mintaqasida 45 ta filialni o‘z ichiga oladi. So‘nggi uch yilda berilgan kreditlar hajmi 400 mlrd so‘mdan oshdi. Faoliyatning asosiy yo‘nalishi - kichik va mikro biznesni, shu jumladan o‘zini o‘zi band qilgan va yakka tartibdagi tadbirkorlarni moliyalashtirish. 2027-yilgacha agat credit butun mamlakat bo‘ylab yana 250 ta savdo nuqtalarini ochishni rejalashtirmoqda. 2025-yil 24-iyuldan boshlab kompaniya rasman yangi formatga o‘tdi va "AGAT CREDIT" MFO AJ maqomini oldi. Bu rivojlanishning muhim bosqichidir. Yangi maqom ko‘lamni kengaytirish uchun ko‘proq imkoniyatlar ochadi, faoliyatni nazorat qilish va shaffoflikni kuchaytiradi, shuningdek, investitsiyalarni jalb qilish va mahsulot assortimentini kengaytirish uchun qulay sharoitlar yaratadi. Biz bilan birga o‘sayotganingiz uchun rahmat.

Batafsil 25.07.2025

agat credit 100 mlrd so‘mlik korporativ obligatsiyalarning beshinchi chiqarilishini e’lon qiladi.

“agat credit” 100 mlrd so‘mlik korporativ obligatsiyalarning beshinchi chiqarilishini e’lon qiladi

“agat credit” MMT AJ kompaniya Kuzatuv kengashining 2026-yil 6-martdagi qarori bilan umumiy qiymati 100 mlrd so‘m bo‘lgan korporativ obligatsiyalarning beshinchi chiqarilishi amalga oshirilishini ma’lum qiladi.
Yangi chiqarilish kompaniya faoliyatini yanada rivojlantirish, moliyalashtirish dasturlarini kengaytirish hamda “agat credit”ning O‘zbekiston moliya bozoridagi o‘rnini mustahkamlashga qaratilgan.

Chiqarilishning asosiy parametrlari:
• Chiqarilish hajmi — 100 000 000 000 so‘m
• Obligatsiyalar soni — 1 000 000 dona
• Nominal qiymati — har bir obligatsiya uchun 100 000 so‘m
• Kupon stavkasi — yillik 25%
• Kupon daromadini to‘lash — har oy
• Muomala muddati — 730 kun

Chiqarilishning qo‘shimcha ishonchliligini “Trust-Insurance” AJning sug‘urta polisi ta’minlaydi. U obligatsiyalarning nominal qiymatini va hisoblanadigan kupon daromadini qoplaydi. Sug‘urta qoplamasining umumiy hajmi 150 mlrd so‘mni tashkil etadi.
Chiqarilishning anderrayteri va investitsiya vositachisi “Freedom Broker” hisoblanadi.

Obligatsiyalarni joylashtirish chiqarilishning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi xabarnoma e’lon qilinganidan keyin 15-kalendar kunida boshlanishi kutilmoqda (taxminan — 2026-yil aprel oyining oxiri).
Hozirgi kunda “Toshkent” Respublika fond birjasida “agat credit” korporativ obligatsiyalarining to‘rtta chiqarilishi muomalada bo‘lib, bu kompaniyaning fond bozori orqali investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha izchil strategiyasini tasdiqlaydi.

“agat credit” mamlakat moliya bozorining rivojlanishiga hissa qo‘shgan holda investorlar uchun shaffof va ishonchli vositalarni takomillashtirishda davom etmoqda.

Batafsil 06.03.2026

O‘zbekistonda Prezident topshirig‘iga binoan "Kelajak tadbirkori" dasturi boshlanadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatda yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Kelajak tadbirkori” nomli yangi davlat dasturi ishga tushiriladi. Dastur amalga oshirilishi haqida davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi. Prezident topshirig‘iga muvofiq, yosh tadbirkorlarga yillik 15 foiz stavkada yetti yilgacha muddatga imtiyozli kreditlar ajratiladi. Moliyalashtirish biznesning rivojlanish darajasi va ariza beruvchining toifasidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. O‘zini o‘zi band qilgan yosh fuqarolar 20 million so‘mgacha garovsiz kredit olishlari mumkin. Tadbirkorlik ko‘nikmalariga ega bo‘lib, o‘z ishini yo‘lga qo‘yayotgan shaxslar — 300 million so‘mgacha kredit olishi mumkin. Faoliyat yuritayotgan biznesini kengaytirayotgan tadbirkorlarga 2 milliard so‘mgacha moliyaviy yordam ko‘rsatiladi. Kamida besh nafar bitiruvchining bandligini ta’minlaganlarga esa 10 milliard so‘mgacha kredit ajratiladi. Prezident topshirig‘i bilan oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan “Mening birinchi kasbim” dasturi ham ishga tushirilmoqda. Tanlov natijalariga ko‘ra, g‘oliblarga har oy 2 million so‘mgacha stipendiya tayinlanadi. Davlat rahbari barqaror tadbirkorlik muhitini shakllantirish maqsadida hududlarda “Yoshlar biznes-inkubatorlari”ni tashkil etish bo‘yicha topshiriq berdi. Ular biznesni boshlashni o‘rgatish va kuzatib borishdan tortib, buxgalteriya hisobi, bank xizmatlari, marketing hamda ichki va tashqi bozorlarga chiqish bo‘yicha maslahatlar berishgacha bo‘lgan kompleks xizmatlarni taqdim etadi. Joriy yilda bunday markazlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Namangan, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida ochiladi. Kelgusi yilda loyiha mamlakatning qolgan hududlarida ham joriy etiladi.

Batafsil 03.03.2026

Ariza yuboring

Aloqa maʼlumotlaringizni kiriting, mutaxassisimiz siz bilan tez orada bog‘lanadi.

Ariza yuboring

Aloqa maʼlumotlaringizni kiriting, mutaxassisimiz siz bilan tez orada bog‘lanadi.

Toshkent
Samarqand
Buxoro
Xorazm
Farg‘ona
Andijon
Namangan
Jizzax
Navoiy
Sirdaryo
Surxondaryo
Qashqadaryo
Qoraqalpog‘iston