Filiallar ro‘yxatidan viloyatingizni tanlang
agat credit’da biz g‘amxo‘rlik oddiy amallarda namoyon bo‘lishiga ishonamiz. Ofisimiz hududida ko‘cha mushuklari uchun kichik bir uycha paydo bo‘ldi. Bu yerda ular yomon ob-havodan panoh topib, o‘zlarini xavfsiz his qilishlari mumkin. Uning yonida esa doim quruq ozuqa va toza suv bor. Biz shu bilan to‘xtab qolmaymiz. Bu joyni yanada qulay va obod qilish uchun uycha atrofini obodonlashtirishda davom etamiz. Endi mo‘ynali mehmonlarimizning shunchaki boshpanasi emas, balki o‘zlarining iliq va shinam burchaklari bor. Biz atrofimizdagi olamni mijozlarimiz, jamoamiz va yonimizda yashovchilar uchun bir oz bo‘lsa-da, yaxshiroq qilishga intilamiz.
Hurmatli mijozlar! Jamoamiz kengaytirilgan funksionalli yangi va qulay sayt yaratish ustida faol ish olib bormoqda. Platformani yangilash ishlari davomida kredit kalkulyatoridagi hisob-kitoblar faqat tanishish uchun mo‘ljallangan va taxminiy ekanini inobatga olishingizni so‘raymiz. Tushunganingiz uchun rahmat. Yangilanishlar ishga tushishini siz bilan birga kutib qolamiz!
"AGAT CREDIT" AJ MMTning AQSH dollaridagi valyuta obligatsiyalarining birinchi chiqarilishi ro‘yxatga olinganini ma’lum qilamiz. Chiqarilishning asosiy parametrlari: ✓ Chiqarilish hajmi — 10 mln AQSH dollari ✓ Obligatsiyalar soni — 100 000 dona ✓ Bitta obligatsiyaning nominal qiymati — 100 AQSH dollari ✓ Foiz stavkasi — yillik 11,5% ✓ Joylashtirishdagi narx diapazoni — 100,00 dan 103,00 AQSH dollarigacha ✓ Muomala muddati — 730 kun ✓ Foiz to‘lovlari — har oy ✓ Anderrayter: "Freedom Finance" MCHJ XK. Ta’minot sifatida "Apex Insurance" AJning obligatsiyalarning nominal qiymati va hisoblanadigan foizlarni o‘z ichiga olgan 12,3 mln AQSH dollari miqdoridagi sug‘urta polisi taqdim etilgan. Chiqarilish kapital bozoridagi "Tartibga solish qumdoni" maxsus huquqiy rejimi doirasida amalga oshirilmoqda.
Aloqa maʼlumotlaringizni kiriting, mutaxassisimiz siz bilan tez orada bog‘lanadi.
Aloqa maʼlumotlaringizni kiriting, mutaxassisimiz siz bilan tez orada bog‘lanadi.