Sizning viloyatingiz
Toshkent?

Filiallar ro‘yxatidan viloyatingizni tanlang

Viloyatingizni tanlang

Toshkent
Samarqand
Buxoro
Xorazm
Farg‘ona
Andijon
Namangan
Jizzax
Navoiy
Sirdaryo
Surxondaryo
Qashqadaryo
Qoraqalpog‘iston
15.04.2026

аgat credit obligatsiyalarning birinchi chiqarilishi bo‘yicha majburiyatlarini muvaffaqiyatli bajardi

"agat credit" MMT AJ obligatsiyalarning birinchi chiqarilishi to‘liq va o‘z vaqtida so‘ndirilganini ma’lum qiladi. Investorlarga barcha to‘lovlar qat’iy belgilangan shartlarga muvofiq va ko‘zda tutilgan muddatlarda amalga oshirildi: — kupon daromadi to‘liq hajmda to‘landi;
— asosiy qarz hech qanday kechikishlarsiz so‘ndirildi.

Birinchi obligatsiya chiqarilishining yakunlanishi — kompaniya rivojlanishidagi muhim bosqich hamda bozorda barqaror moliyaviy obro‘ni shakllantirish yo‘lidagi salmoqli qadamdir. Biz investorlar bilan o‘zaro hamkorlikning shaffof va ishonchli modelini izchil yo‘lga qo‘ymoqdamiz, unda mas’uliyat, intizom va zimmdagi majburiyatlarni bajarish asosiy tamoyillar bo‘lib qoladi.

agat credit kapital jalb etish yo‘nalishini rivojlantirishda va hamkorlar uchun qulay hamda tushunarli investitsiya vositalarini yaratish ustida ishlashda davom etadi.

Bildirilgan ishonch uchun investorlarga minnatdorchilik bildiramiz va kelgusidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikka ishonchimiz komil.
agat credit успешно выполнила обязательства по первому выпуску облигаций
Bularni ham o'qing

agat credit aksiyadorlik jamiyatiga aylandi

agat credit - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2018-yil 15-dekabrdagi 53-sonli litsenziyasi asosida 2018-yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi bozorida faoliyat yuritib kelayotgan, jadal rivojlanayotgan mikromoliya tashkiloti. Bugungi kunda kompaniyada 150 dan ortiq xodim ishlaydi, faol mijozlar soni 5000 dan oshadi va tarmoq mamlakatning 12 mintaqasida 45 ta filialni o‘z ichiga oladi. So‘nggi uch yilda berilgan kreditlar hajmi 400 mlrd so‘mdan oshdi. Faoliyatning asosiy yo‘nalishi - kichik va mikro biznesni, shu jumladan o‘zini o‘zi band qilgan va yakka tartibdagi tadbirkorlarni moliyalashtirish. 2027-yilgacha agat credit butun mamlakat bo‘ylab yana 250 ta savdo nuqtalarini ochishni rejalashtirmoqda. 2025-yil 24-iyuldan boshlab kompaniya rasman yangi formatga o‘tdi va "AGAT CREDIT" MFO AJ maqomini oldi. Bu rivojlanishning muhim bosqichidir. Yangi maqom ko‘lamni kengaytirish uchun ko‘proq imkoniyatlar ochadi, faoliyatni nazorat qilish va shaffoflikni kuchaytiradi, shuningdek, investitsiyalarni jalb qilish va mahsulot assortimentini kengaytirish uchun qulay sharoitlar yaratadi. Biz bilan birga o‘sayotganingiz uchun rahmat.

Batafsil 25.07.2025

“Agat Credit” ММТ AJ O‘zbekistonda kapital bozoridagi “Regulyativ qumdon” ishtirokchisi — emitentlardan biri sifatida rasman ro‘yxatga olindi

“Agat Credit” ММТ AJ O‘zbekistonda kapital bozoridagi “Regulyativ qumdon” ishtirokchisi — emitentlardan biri sifatida rasman ro‘yxatga olindi. Bu nimani anglatadi? Maxsus huquqiy rejim doirasida biz ichki bozorda birinchilardan bo‘lib xorijiy valyutada nominallangan korporativ obligatsiyalar chiqarishni va ularning muomalasini yo‘lga qo‘yamiz. Ilgari “Toshkent” Respublika fond birjasida korporativ obligatsiyalar faqat milliy valyuta — so‘mda joylashtirilar edi. Xorij valyutasida ilk emissiyamiz tashkilotchisi — yetakchi investitsiya vositachisi “Freedom Finance” MChJ XK hisoblanadi. Yangi moliyaviy vosita ham chakana, ham yirik institutsional investorlar uchun mavjud bo‘ladi. Ushbu loyihaning amalga oshirilishi mahalliy va xorijiy investorlar uchun yangi hamda ishonchli imkoniyatlar yaratadi!

Batafsil 17.06.2026

«Agat Credit» MChJ AJ korporativ obligatsiyalarning beshinchi chiqarilishini muvaffaqiyatli amalga oshirdi

«Agat Credit» MChJ AJning umumiy qiymati 100 mlrd so‘mlik korporativ obligatsiyalarining beshinchi chiqarilishi to‘liq sotildi. Emissiyaning butun hajmi rekord darajada qisqa muddatda — atigi 10 kun ichida yillik 23–25% daromadlilik oralig‘ida muvaffaqiyatli joylashtirildi. Bu esa investorlarning yuksak ishonchidan dalolat beradi. Ushbu chiqarilish kompaniyaning moliyalashtirish dasturlarini rivojlantirish va O‘zbekiston moliya bozoridagi o‘rnini mustahkamlash strategiyasining navbatdagi bosqichi bo‘ldi. Bugungi kunda «Toshkent» Respublika fond birjasida «Agat Credit»ning beshta obligatsiya chiqarilishi muomalada. Muhimi, ikkilamchi bozorda yuqori faollik saqlanib qolmoqda: avvalgi chiqarilishlar bo‘yicha operatsiyalarning 60% dan ortig‘i (4 227 ta bitim) investorlar o‘rtasidagi savdolar hissasiga to‘g‘ri keldi. 5-chiqarilishning asosiy parametrlari:
Umumiy hajmi - 100 mlrd so‘m;
Kupon daromadliligi - Yillik 25%;
Muomala muddati - 730 kun;
Bitta qimmatli qog‘ozning nominal qiymati - 100 ming so‘m;
Joylashtirish usuli - Ochiq obuna;
Tiker / ISIN-kod - ACMT2B5 / UZ6058977AE0;
Anderrayter - Freedom Broker.

«Agat Credit» zamonaviy moliyaviy mahsulotlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirgan holda shaffof investitsiya vositalarini rivojlantirishda davom etmoqda. Hamkorlarimizga ishonch uchun minnatdorlik bildiramiz!


Batafsil 03.06.2026

Ariza yuboring

Aloqa maʼlumotlaringizni kiriting, mutaxassisimiz siz bilan tez orada bog‘lanadi.

Ariza yuboring

Aloqa maʼlumotlaringizni kiriting, mutaxassisimiz siz bilan tez orada bog‘lanadi.

Toshkent
Samarqand
Buxoro
Xorazm
Farg‘ona
Andijon
Namangan
Jizzax
Navoiy
Sirdaryo
Surxondaryo
Qashqadaryo
Qoraqalpog‘iston