Filiallar ro‘yxatidan viloyatingizni tanlang
“Agat Credit” ММТ AJ O‘zbekistonda kapital bozoridagi “Regulyativ qumdon” ishtirokchisi — emitentlardan biri sifatida rasman ro‘yxatga olindi. Bu nimani anglatadi? Maxsus huquqiy rejim doirasida biz ichki bozorda birinchilardan bo‘lib xorijiy valyutada nominallangan korporativ obligatsiyalar chiqarishni va ularning muomalasini yo‘lga qo‘yamiz. Ilgari “Toshkent” Respublika fond birjasida korporativ obligatsiyalar faqat milliy valyuta — so‘mda joylashtirilar edi. Xorij valyutasida ilk emissiyamiz tashkilotchisi — yetakchi investitsiya vositachisi “Freedom Finance” MChJ XK hisoblanadi. Yangi moliyaviy vosita ham chakana, ham yirik institutsional investorlar uchun mavjud bo‘ladi. Ushbu loyihaning amalga oshirilishi mahalliy va xorijiy investorlar uchun yangi hamda ishonchli imkoniyatlar yaratadi!
Shavkat Mirziyoyev 18-dekabr kuni O‘zbekiston kapital bozorida investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligining «Нuquqiy axborot» kanali xabar berdi. 2030-yilgacha zamonaviy moliyaviy vositalarni joriy etish orqali mahalliy fond bozoriga qo‘shimcha 1 milliard AQSh dollari miqdorida investitsiya jalb etish vazifasi qo‘yildi. Shuningdek, kamida 5 trillion so‘mlik korporativ obligatsiyalarni muomalaga chiqarishni ta’minlash topshirildi. Kapital bozorining jadal rivojlanishi sharoitida Agat Invest davlat ustuvorliklariga mos keladigan investitsiya mahsulotlarini shakllantirmoqda: xalqaro moliya tashkilotlari obligatsiyalari orqali shaffoflik, barqarorlik va o‘sishni ta’minlash.
agat credit’da biz g‘amxo‘rlik oddiy amallarda namoyon bo‘lishiga ishonamiz. Ofisimiz hududida ko‘cha mushuklari uchun kichik bir uycha paydo bo‘ldi. Bu yerda ular yomon ob-havodan panoh topib, o‘zlarini xavfsiz his qilishlari mumkin. Uning yonida esa doim quruq ozuqa va toza suv bor. Biz shu bilan to‘xtab qolmaymiz. Bu joyni yanada qulay va obod qilish uchun uycha atrofini obodonlashtirishda davom etamiz. Endi mo‘ynali mehmonlarimizning shunchaki boshpanasi emas, balki o‘zlarining iliq va shinam burchaklari bor. Biz atrofimizdagi olamni mijozlarimiz, jamoamiz va yonimizda yashovchilar uchun bir oz bo‘lsa-da, yaxshiroq qilishga intilamiz.
Aloqa maʼlumotlaringizni kiriting, mutaxassisimiz siz bilan tez orada bog‘lanadi.
Aloqa maʼlumotlaringizni kiriting, mutaxassisimiz siz bilan tez orada bog‘lanadi.