Sizning viloyatingiz
Toshkent?

Filiallar ro‘yxatidan viloyatingizni tanlang

Viloyatingizni tanlang

Toshkent
Samarqand
Buxoro
Xorazm
Farg‘ona
Andijon
Namangan
Jizzax
Navoiy
Sirdaryo
Surxondaryo
Qashqadaryo
Qoraqalpog‘iston

Mikroqarz/Mikrokredit taqdim etish to‘g‘risida

OMMAVIY OFERTA

shartnomasi

 

Ushbu hujjat «AGAT CREDIT» AJ MMTning (bundan buyon matnda - MMT) Mikroqarz/Mikrokredit ajratish toʼgʼrisidagi Shartnomani tuzish yuzasidan rasmiy taklifi (ommaviy oferta) hisoblanadi (bundan buyon matnda - Shartnoma).

Ushbu hujjat Mikroqarz/Mikrokreditning umumiy shartlari, uni ajratish va undan foydalanish tartibini oʼz ichiga oladi.

Mikroqarz/Mikrokreditni ajratish shartlari Qarz oluvchi ushbu ofertaga qo‘shilishidan oldin MMTning agatcredit.uz web saytida tanishib chiqadigan kredit mahsuloti pasporti bilan belgilanadi.

Qarz oluvchi Mikroqarz/Mikrokreditni ajratish shartlariga roziligini ushbu ofertada belgilangan harakatlarni amalga oshirish orqali tasdiqlaydi va ularni qabul qiladi.

 

 

1.     SHARTNOMANI TUZISH TARTIBI VA SHARTLARI

1.1. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 369-moddasi 2-bandiga muvofiq, quyida ko‘rsatilgan shartlar qabul qilingan va qo’g’oz shaklidagi Mikroqarz/Mikrokredit ajratish to’grisidagi Ariza (ushbu ommaviy ofertaga 2-sonli ilova) (keyinchalik - Ariza) bilan MMTga murojaat qilingan taqdirda, ushbu ofertani qabul qilgan Mijoz Qarz oluvchiga aylanadi (O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 370-moddasi 4-qismiga muvofiq, ofertani qabul qilish ofertada ko‘rsatilgan shartlarda shartnoma tuzishga teng), MMT va Mijoz esa birgalikda ushbu Shartnomaning tomonlari hisoblanadi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, iltimos, ushbu ommaviy ofertani diqqat bilan o'qib chiqing. Agar siz ushbu ommaviy oferta shartlaridan biriga rozi bo'lmasangiz, MMT sizga xizmatlardan foydalanishni to'xtatishingizni tavsiya qiladi.

 

 

2.               АTAMALAR VA TUSHUNCHALAR

Qarz oluvchiMikroqarz/Mikrokredit olish uchun ariza bilan murojaat qilgan jismoniy shaxs/tadbirkorlik sub’yekti;

raqamli identifikatsiya – axborot tizimlaridan foydalangan holda, qonunchilikda belgilangan talablar asosida mijozning shaxsini tekshirish va tasdiqlash jarayonidir;

MMTning kredit platformasi (keyingi o‘rinlarda «Tizim» deb yuritiladi) MMT dasturiy ta’minoti bo‘lib, kreditni qayta ishlash jarayonini avtomatlashtirish tizimi bo‘lib, MMT tomonidan arizalarni topshirishdan boshlab Mikroqarz/Mikrokredit berishning butun jarayonlarini boshqarish, uni tasdiqlash yoki rad etish uchun foydalaniladi.

 

3.               UMUMIY QOIDALAR

3.1.   Ushbu ofertada (bundan buyon matnda – Shartnoma) hamda Arizada koʼzda tutilgan shartlarda MMT Qarz oluvchiga Mikroqarz/Mikrokredit taqdim etadi.

3.2.   Mikroqarz/Mikrokreditning to‘liq qiymati shartnoma tuzish paytidagi uning mutlaq qiymatini, ya'ni Mikroqarz/Mikrokreditning asosiy qarzi, unga hisoblanadigan foizlari va boshqa to‘lovlarni, shu jumladan amaldagi tariflar bo‘yicha kredit rasmiylashtirish bilan bog‘liq uchinchi shaxslar foydasiga to‘lanadigan to‘lovlarni o‘z ichiga oladi.

3.3. Mikroqarz/Mikrokredit qaytarishlilik, toʼlovlilik, taʼminlanganlik (agar ta’minot talab qilinsa) va muddatlilik shartlarida beriladi.

 

4. MIKROQАRZ/MIKROKREDITNI BERISH VА TOʼLАSH TАRTIBI

4.1. Mikroqarz/Mikrokreditni berish muddati – Qarz oluvchi ushbu Shartnomaning 4.1.-bandiga muvofiq taʼminotni taqdim etish boʼyicha majburiyatini bajarganlik sharti (agar ushbu taʼminotni taqdim etish sharti mavjub bo’lsa) bilan ushbu Shartnoma akseptlangan kundan boshlab 1 (bir) oyni tashkil etadi.

Mikroqarz/Mikrokredit yuqorida koʼrsatilgan muddat ichida Qarz oluvchining arizasi asosida Qarz oluvchining ssuda hisobraqamidan naqdsiz shaklda oʼtkazib berish yoki Qarz oluvchining plastik kartasiga oʼtkazib berish yoxud MMT kassasidan naqd pul shaklida berish yoʼli bilan beriladi.

4.2. Mikroqarz/Mikrokredit boʼyicha asosiy qarzni va foizlarni toʼlash Qarz oluvchi tomonidan Mikroqarz/Mikrokredit usulda ushbu Shartnomaning ajralmas qismi boʼlgan 1-sonli ilovada keltirilgan soʼndirish jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi.

4.3. Mikroqarz/Mikrokredit boʼyicha asosiy qarzni va foizlarni soʼndirish sanasi ish kuni boʼlmasa, u holda toʼlov keyingi ish kuniga oʼtkaziladi.

4.4. Аgar Qarz oluvchi Mikroqarz/Mikrokredit boʼyicha asosiy qarzni toʼlash sanasiga qadar Mikroqarz/Mikrokredit boʼyicha asosiy qarzni toʼlamasa, Qarz oluvchi MMTga muddati oʼtgan asosiy qarzning muddatida to’lanmagan har bir kuni uchun 1 (bir) foiz, ammo muddati oʼtgan toʼlov summasining 50 foizidan oshmagan miqdorda jarima toʼlaydi.

4.5. Asosiy qarz va foizlarni qaytarish to'lov jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi. Qarz oluvchidan qabul qilingan mablagʼlar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq navbatdagi tartibda uning ushbu Shartnoma bo‘yicha qarzini to‘lash uchun yuboriladi.

4.6. Аsosiy qarzni toʼlash berilgan Mikroqarz/Mikrokredit hisobi yuritiladigan ssuda hisobraqamiga, hisoblangan foizlarni toʼlash esa ushbu Shartnoma doirasida Mikroqarz/Mikrokredit boʼyicha hisoblangan foizlar hisobi yuritiladigan hisobraqamga amalga oshiriladi. Аsosiy qarz va unga hisoblangan foizlar toʼlanganlik sanasi deb mablagʼlarni koʼrsatilgan hisobvaraqlarga kelib tushgan kun hisoblanadi.

4.7. Ushbu Shartnoma boʼyicha majburiyatlarni soʼndirish uchun pul mablagʼlarni Qarz oluvchi ushbu Shartnomada koʼzda tutilgan miqdorda va muddatda oʼzlari tanlagan istalgan shaklda, jumladan, oʼz faoliyati natijalari boʼyicha daromadlarni, pensiya va boshqa daromadlarni oʼtkazib berish yoki MMTda ochilgan maxsus hisob raqamiga naqd pul, plastik kartochka yoki pul o`tkazish yo`li bilan taʼminlashlari shart.

Qarz oluvchining ushbu Shartnomaga muvofiq toʼlovlarni soʼndirish uchun hisobvaragʼiga kiritgan pul mablagʼlari summasi ushbu shartnomaning 1-ilovasida nazarda tutilgan miqdoridan ortiq boʼlsa, MMT navbatdagi toʼlov miqdorini hisobdan chiqaradi va qoldiq summaning (ortiqcha qismini) Mikroqarz/Mikrokreditning asosiy qarzini so'ndirishga yo’naltiradi.

 

5. MIKROQARZ/MIKROKREDIT UCHUN TOʼLOV

5.1. MMT Mikroqarz/Mikrokredit boʼyicha asosiy qarzning mavjud qoldigʼiga foizlarni kredit mahsuloti pasportida belgilangan yillik qat’iy belgilangan foiz hisobidan hisoblaydi.

5.2. Mikroqarz/Mikrokredit qoldigʼiga foizlar har ish kunining oxirida yiliga 365 kun va har oydagi haqiqiy kunlar soni asosida hisoblanadi. Hisoblash Mikroqarz/Mikrokreditning birinchi summasi taqdim etilgan kundan boshlab amalga oshiriladi.

5.3. Qarz oluvchi ushbu shartnomaning 1-ilovasida nazarda tutilgan soʼndirish jadvaliga muvofiq Mikroqarz/Mikrokredit foydalanganlik uchun ushbu Shartnomani 5.1 va 5.2-bandlariga muvofiq hisoblangan foizlarni MMTga toʼlab beradi.

 

6. MIKROQАRZ/MIKROKREDIT QАYTАRILISHINI TА’MINLАSH

6.1. Mikroqarz/Mikrokredit bo’yicha ta’minot va uning shartlari Mikroqarz/Mikrokredit ajratish to’grisidagi Arizada va kredit mahsuloti pasportida belgilanadi.

6.2. Аgar Qarz oluvchi ushbu Shartnoma shartlaridan kelib chiqadigan Mikroqarz/Mikrokredit boʼyicha asosiy qarzni, foizlarni va/yoki boshqa toʼlovlarni soʼndirish ushbu Shartnomada belgilangan sanada amalga oshirishga qodir boʼlmaydigan vaziyat yuzaga kelsa, MMT Oʼzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq undiruvni ushbu Shartnomaga asosan ajratilgan Mikroqarz/Mikrokredit boʼyicha taʼminotga qaratish istisnosiz huquqiga ega boʼladi.

6.3. Undiruv ushbu Shartnomaga binoan qabul qilingan garov taʼminotiga qaratilganda, MMT undiruv uchun birinchi navbatdagi predmetni oʼz ixtiyori boʼyicha bir tomonlama tartibda tanlash huquqini oʼzida qoldiradi. Undiruvni undiruv obʼektlarining biriga qaratilishi MMTni boshqa undiruv obʼekt(lar)iga undiruv qaratish huquqini cheklamaydi.

6.4. Qarz oluvchi ushbu Shartnoma boʼyicha oʼz majburiyatlarining bajarilishi uchun Oʼzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq undirish qaratilishi mumkin boʼlgan oʼziga qarashli mol-mulk bilan javobgardir.

 

7. MMT HUQUQLАRI

7.1. Moliyalashtirish jarayonida MMT Qarz oluvchining moliyaviy holatini tekshirish huquqiga ega. Bunday tekshiruvlarning davriyligi MMT tomonidan belgilanadi.

7.2. Ushbu Shartnoma shartlaridan kelib chiqadigan Mikroqarz/Mikrokredit boʼyicha asosiy qarz, foizlar va/yoki boshqa toʼlovlarni soʼndirish muddati kelganda, MMT Qarz oluvchining O’zbekiston Respublikasidagi barcha MMTlarda ochilgan har qanday hisobraqamlaridan ushbu Shartnoma shartlaridan kelib chiqadigan Mikroqarz/Mikrokredit boʼyicha asosiy qarz, foizlarni va/yoki boshqa toʼlovlari (sug’urta harajatlari bo’yicha to’lovlarni xam) soʼndirish uchun aktseptsiz va istisnosiz tartibda mablagʼlarni yechib olish huquqiga ega boʼladi.

            7.3. Qarz oluvchida Shartnoma shartlaridan majburiyatlari bo‘yicha muddatidan o‘tgan qarzdorlik yuzaga kelgan taqdirda, qarz oluvchining O’zbekiston Respublikasidagi barcha MMTlarda ochilgan har qanday hisobraqamlaridan pul mablagʼlarini akseptsiz va istisnosiz hisobdan chiqarish, hamda ushbu chiqarib olingan pul mablagʼlarini operatorni (uchinchi taraf) xizmat haqi 2,7% gacha miqdorda ushlab qolinadi. Mazkur xizmat haqi asosiy qarz, foizlar yoki boshqa majburiy to‘lovlar tarkibiga kirmaydi va alohida tarzda undiriladi.

7.4. Quyidagi holatlarda:

• Qarz oluvchi tomonidan ushbu Shartnoma boʼyicha qabul qilingan majburiyatlarning buzilishi va/yoki bajarilmasligi va/yoki lozim darajada bajarilmaganligi;

• Qarz oluvchining moliyaviy ahvoli yomonlashganda;

• Garov predmet(lar)i va/yoki u(lar)ning bir qismini nobud boʼlishi, qiymatining pasayishi, garov predmet(lar)ining va/yoki u(lar)ning bir qismini qisman yoki toʼliq yoʼqolishi;

• Kafilning moliyaviy ahvoli yomonlashganda (Kafil bo’lganda);

• MMT tomonidan Qarz oluvchi tomonidan notoʼgʼri maʼlumotlar taqdim etish faktlari aniqlanganda;

• Qarz oluvchining MMT nazoratidan boʼyin tovlashi;

Mikroqarz/Mikrokredit boʼyicha asosiy qarz, foizlar va/yoki boshqa toʼlovlarning oʼz vaqtida toʼlanmaganligi;

Mikroqarz/Mikrokredit qaytarilmaslik xatarini oshiruvchi har qanday omillarning paydo boʼlishida,

MMT quyidagi huquqlarga ega boʼladi:

• ushbu Shartnomani muddatidan ilgari bir tomonlama bekor qilish va/yoki Mikroqarz/Mikrokredit muddatidan ilgari undirish, jumladan, undiruvni garov predmetiga va/yoki garov predmetining bir qismiga qaratish va/yoki kafilga va/yoki Sugʼurtalovchiga talabnoma taqdim etish. Qarz oluvchi/Kafil tegishli xabarnoma (talabnoma) olingan kundan boshlab 5 (besh) kalendar kuni ichida olingan Mikroqarz/Mikrokredit MMTga qaytarishga, undan foydalanganlik uchun hisoblangan foizlarni toʼlashga majburdir;

• ushbu Shartnoma boʼyicha yangi summalar va/yoki yangi Mikroqarz/Mikrokredit berishni toʼxtatish;

• Qarz oluvchining O’zbekiston Respublikasidagi barcha MMTlarda ochilgan har qanday hisobraqamlaridan pul mablagʼlarini, ularni ushbu Shartnoma shartlaridan kelib chiqadigan Mikroqarz/Mikrokredit boʼyicha asosiy qarz, foizlarni va/yoki boshqa toʼlovlari soʼndirishga yoʼnaltirish uchun aktseptsiz va istisnosiz hisobdan chiqarish.

7.5. MMT Qarz oluvchining roziligisiz ushbu Shartnoma bo‘yicha o‘z huquqlarini va/yoki majburiyatlarini har qanday uchinchi shaxsga o‘tkazishga (topshirishga) haqli. Bunda MMT Qarz oluvchini huquqlar va/yoki majburiyatlarning mo‘ljallanayotgan o‘tkazilishi to‘g‘risida tegishli o‘tkazish sanasidan kamida 5 (besh) ish kuni oldin yozma shaklda xabardor qilish majburiyatini oladi.

MMT xabarnomani, Qarz oluvchi tomonidan ushbu Shartnomada ko‘rsatilgan manzilga yoki ushbu Shartnomada nazarda tutilgan boshqa aloqa vositalari orqali yuborilgan bo‘lsa, tegishli tarzda amalga oshirilgan deb hisoblanadi. Ushbu band talablariga muvofiq amalga oshirilgan huquqlar va/yoki majburiyatlarni boshqa shaxsga o‘tkazish Qarz oluvchi uchun majburiy.

7.6. MMT Qarz oluvchini Mikroqarz/Mikrokreditni toʼlash jadvaliga muvofiq keyingi toʼlovlar sanasi toʼgʼrisida oldindan xabardor qilishga haqlidir.

7.7. Qarz oluvchi ushbu Shartnoma imzolangan kundan boshlab bir oy mobaynida Mikroqarz/Mikrokreditdan foydalanmasa, Qarz oluvchini yozma ravishda xabardor qilgan holda, MMT ushbu Shartnomani bir tomonlama bekor qilishga haqlidir.

7.8. MMT, oʼz xohishiga koʼra, ushbu Shartnomada koʼrsatilgan huquqlar/talablarning istalgan birini qoʼllashi yoki qoʼllamasligi mumkin. Ushbu huquqlar/talablarning qoʼllanilmasligi yoki qisman qoʼllanilishi MMTni ushbu huquqlar/talablardan voz kechganligini anglatmaydi va ular ushbu Shartnomani amal qilish muddati davomida istalgan vaqtda qoʼllanilishi mumkin.

7.9. Qarz oluvchi ushbu shartnomada belgilangan shartlarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda ajratilgan Mikroqarz/Mikrokreditni muddatidan avval undirib olish huquqiga ega bo‘ladi.

7.10. Insoflilik, shaffoflik tamoyillariga muvofiq va amaldagi qonunchilik doirasida MMT Qarz oluvchining Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarini lozim darajada bajarish qobiliyatini nazorat qilish maqsadida ushbu Shartnomaning butun amal qilish muddati davomida uning faoliyatini tekshirishga (nazorat) haqli. Tomonlar tekshiruv deganda Qarz oluvchi o‘z faoliyatida foydalanadigan obyektlarni (shu jumladan, ofis, omborxona, ishlab chiqarish binolari mavjud bo‘lgan taqdirda) har chorakda bir marta ko‘zdan kechirish, shuningdek, Qarz oluvchi ishlarining joriy holatini aniqlashga qaratilgan qisqa og‘zaki so‘rov o‘tkazishni o‘z ichiga olgan harakatlar tushunilishiga kelishib oldilar.

7.11. MMT Qarz oluvchiga toʼlov qobiliyatini tahlil qilish uchun har chorakda bir marta yozma so‘rov yuborish orqali daromadlarini tasdiqlovchi hujjatlarni, joriy moliyaviy va xo‘jalik holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni (hujjatlarni), shu jumladan, lekin ular bilan cheklanmagan holda: buxgalteriya balansi, foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobot, shuningdek ushbu Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishini baholash uchun zarur bo‘lgan boshqa moliyaviy va boshqaruv hujjatlarini talab qilish huquqiga ega.

7.12. Ushbu Shartnoma bo‘yicha garov sifatida ta’minot mavjud bo‘lgan taqdirda, MMT garov narsasining taqdim etilgan hujjatlar bo‘yicha ham, amalda ham – uning mavjudligi, sifati, texnik va jismoniy holati, shuningdek saqlash va foydalanish shartlari yuzasidan tekshirishni (nazoratni) amalga oshirishga haqli.

 

 

8. MMTNING MАJBURIYATLАRI

8.1. MMT zimmasiga quyidagi majburiyatlarni oladi:

8.1.1. Qarz oluvchiga Mikroqarz/Mikrokredit ushbu Shartnomaning 4.1. bandiga muvofiq  berish;

8.1.2. Foizlarni ushbu Shartnomaning 5.1 va 5.2-bandlariga muvofiq hisoblash;

8.1.3. Qarz oluvchini Mikroqarz/Mikrokredit shartnomasi boʼyicha majburiyatlarning holati, ularni bajarish muddati, summasi, tarkibi va muddati oʼtgan qarzlarni qaytarish boʼyicha majburiyatlarning bajarilmaslik oqibatlari toʼgʼrisida xabardor qilish.

8.1.4. MMT Qarz oluvchiga ushbu shartnomada nazarda tutilgan Mikroqarz/Mikrokredit ni berishdan butunlay yoki qisman bosh tortgan taqdirda, ushbu Mikroqarz/Mikrokredit boʼyicha mablagʼlar berishni toʼxtatib qoʼyish toʼgʼrisida qaror qabul qilingan sanadan boshlab keyingi ish kunidan kechiktirmasdan Qarz oluvchiga Mikroqarz/Mikrokreditni berish toʼxtatilganligi va uning sabablari yuzasidan yozma yoki Masofadan xizmat koʼrsatish kanallari [1] orqali xabarnoma yuborish.

8.1.5 Agar Mikroqarz/Mikrokreditni qaytarish jadvali rasmiylashtirilgandan so‘ng Mikroqarz/Mikrokredit bo‘yicha moliyalashtirishni boshlash muddatlari yoki Shartnomada ko‘zda tutilgan, Mikroqarz/Mikrokredit shartnomasining shartlari tomonlar o‘rtasida qayta ko‘rib chiqilishi (shu jumladan, Mikroqarz/Mikrokreditning tarkibiy jihatdan o‘zgartirilishi), qarz oluvchi tomonidan Mikroqarz/Mikrokredit qisman muddatidan oldin so‘ndirilishi munosabati bilan Mikroqarz/Mikrokredit bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish sanalari va muddatlari yoki oraliq Mikroqarz/Mikrokredit to‘lovlarining miqdorlari o‘zgarganda, kredit tashkiloti Mikroqarz/Mikrokredit qaytarish jadvalini yangidan rasmiylashtirishi va qarz oluvchiga taqdim qilishi lozim.

Bunda, Mikroqarz/Mikrokredit (qarzni) qaytarish jadvali yangidan rasmiylashtirilishi bilan undan oldin mavjud boʼlgan kreditni qaytarish jadvali oʼz kuchini yoʼqotadi.

8.1.6. MMT Qarz oluvchi tomonidan ushbu shartnomaga asosan mikroqarz/mikrokredit boʼyicha qarzdorlik summasini toʼlash majburiyati toʼliq bajarilgan sanadan boshlab 3 (uch) ish kunidan kechiktirmagan holda mazkur mikroqarz/mikrokredit boʼyicha:

- garovda turgan mulkni taqiqdan chiqarish (notariusga yoki boshqa taskilotga yozma ravishda ma’lumotnoma taqdim qilish);

- garov sifatida boʼlgan mol-mulkka nisbatan MMTning huquqlari toʼgʼrisidagi yozuvni Garov reestridan chiqarish shart.

Agarda Garov shartnomasi notarial tartibda rasmiylashtirilgan bo’lsa, Qarz oluvchining istagiga binoan MMT mustaqil ravishda garovda turgan mulkni taqiqdan chiqarish amaliyotini elektron ravishda amalga oshirishi mumkun. Ushbu taqiqdan chiqarish amaliyoti elektron ravishda amalga oshirilgan taqdirda, Qarz oluvchi MMTning elektron ravishda taqiqdan chiqarish uchun qilgan xarajatini o’sha kunning o’zida MMTga qoblab berish majburiyatini oladi.

 

9. QАRZ OLUVCHINING HUQUQLАRI

9.1. Qarz oluvchi Mikroqarz/Mikrokreditni ushbu Shartnomada belgilangan muddatlardan ilgari soʼndirish huquqiga ega. Аsosiy qarzni soʼndirishdan avval Qarz oluvchi ushbu sanagacha hisoblangan foizlarni toʼlashlari shart.

9.2. Ushbu Shartnoma tuzilgan sanadan boshlab Qarz oluvchi ikki hafta ichida yozma ravishda xabardor qilish orqali Mikroqarz/Mikrokredit olishdan voz kechish huquqiga ega.

9.3. Qarz oluvchi ushbu Shartnomaning 4.5.-bandida belgilangan ketma-ketlikka rioya qilgan holda Mikroqarz/Mikrokreditni toʼliq summasini yoki qisman muddatidan avval soʼndirish va foizlarni toʼlashga haqlidir.

Mikroqarz/Mikrokredit qisman muddatidan oldin qaytarilgan taqdirda, foizlarni toʼlash boʼyicha har oylik toʼlov qayta hisoblab chiqilganidan keyin muddatidan avval qisman soʼndirish amalga oshirilgan davrdan boshlab yangi summada hisoblanadi va yangi summasi Shartnomada belgilangan muddatlarda soʼndirilishi lozim boʼladi.

 

10. QАRZ OLUVCHINING MАJBURIYATLАRI

10.1. Qarz oluvchi quyidagi majburiyatlarni zimmasiga oladilar:

10.1.1. Mikroqarz/Mikrokreditdan foydalanish jarayonida quyidagi asosiy tamoyillarga rioya qilish: muddatlilik, qaytarishlik, toʼlovlilik, taʼminlanganlik (agar ta’minot talab qilinsa);

10.1.2. Ushbu Shartnoma shartlaridan kelib chiqadigan Mikroqarz/Mikrokredit boʼyicha asosiy qarzni, foizlarni va/yoki boshqa toʼlovlarini ushbu Shartnomada belgilangan tartibda va muddatlarda soʼndirish;

10.1.3. Qarz oluvchining moliyaviy ahvoli yomonlashishiga va Qarz oluvchi tomonidan ushbu Shartnomaga muvofiq MMT oldidagi majburiyatlari bajarilmaslik va/yoki lozim darajada bajarilmaslik xavfiga olib kelishi mumkin boʼlgan hech qanday majburiyat olmaslik va choralarni qabul qilmaslik;

10.1.4. MMT nazorat funkiyalarini bajarishi uchun:

- Mikroqarz/Mikrokredit olish uchun taqdim etilgan hujjatlarda koʼrsatilgan maʼlumotlarni istalgan manbalardan foydalangan holda, jumladan, yashash joyi, ish joyi va hokazolarga tashrif buyurib tekshirish va takroriy tekshirish imkoniyatini MMT xodimlariga taqdim etish;

- o‘z faoliyatida foydalanadigan obyektlarni (shu jumladan, ofis, omborxona, ishlab chiqarish binolari mavjud bo‘lgan taqdirda) har chorakda bir marta ko‘zdan kechirish, shuningdek, Qarz oluvchi ishlarining joriy holatini aniqlashga qaratilgan qisqa og‘zaki so‘rov o‘tkazishni;

- Qarz oluvchining joriy toʼlov qobiliyatini tahlil qilish uchun har chorakda bir marta yozma so‘rov yuborish orqali daromadlarini tasdiqlovchi hujjatlarni, joriy moliyaviy va xo‘jalik holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni (hujjatlarni), shu jumladan, lekin ular bilan cheklanmagan holda: buxgalteriya balansi, foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobot, shuningdek ushbu Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishini baholash uchun zarur bo‘lgan boshqa moliyaviy va boshqaruv hujjatlarini talab qilish;

- garov predmetining mavjudligini, saqlash sharoitlarini tekshirish uchun MMTga toʼsqinlik qilmaslik va barcha shart-sharoitlarni yaratish, Qarz oluvchi tegishli soʼrovni olgan kundan boshlab 5 (besh) kalendar kuni ichida garov predmeti boʼyicha MMT talab qilgan barcha axborotni taqdim etish;

- garov predmetini koʼzdan kechirish, ushbu Shartnoma doirasida berilgan Mikroqarz/Mikrokredit boʼyicha monitoring Dalolatnomalarini oʼz vaqtida imzolash;

- MMTning yozma soʼroviga binoan, ushbu soʼrovni olingan kundan boshlab 5 (besh) kalendar kuni ichida shaxsga doir maʼlumot, shaxsiy, biografik yoki boshqa maʼlumotlarni taqdim etish;

10.1.5. Ushbu Shartnomaning 6.1.-bandida koʼrsatilgan tegishli shartnoma/hujjatlarni unda oʼrnatilgan muddatlarda tuzish/imzolash/rasmiylashtirish;

10.1.6. MMTning talabi boʼyicha quyidagi hollarda Mikroqarz/Mikrokreditni qaytarilishini qoʼshimcha taʼminlash:

• Qarz oluvchi moliyaviy ahvoli yomonlashganda;

• kafilning moliyaviy ahvoli yomonlashganda (Kafil bo’lganda);

• garov predmet(lar)i va/yoki u(lar)ning bir qismini nobud boʼlishi, qiymatining pasayishi, garov predmet(lar)ining va/yoki u(lar)ning bir qismini qisman yoki toʼliq yoʼqolishi;

      qaytmaslik xatarini oshiruvchi har qanday omillarning paydo boʼlishida.

10.1.7. MMTning talabiga koʼra ММТ qilgan harajatlarini, jumladan, Mikroqarz/Mikrokredit boʼyicha to’lovlarni (asosiy qarz, foizlar va boshqa toʼlovlar) majburiy va/yoki muddatidan avval undirish choralarini koʼrish bilan bogʼliq barcha harajat va zararlarini qoplab berish;

10.1.8. Mikroqarz/Mikrokredit olish uchun hujjatlarda koʼrsatilgan maʼlumotlarning oʼzgarganligi toʼgʼrisida, jumladan, pasport maʼlumotlari, propiska, roʼyxatdan oʼtganligi, haqiqiy yashash joyi, ish joyi, familiyasi, ismi, otasining ismi, uy, ish yoki uyali telefon raqamlari oʼzgarganligi, shuningdek, Qarz oluvchining ushbu shartnoma boʼyicha majburiyatlarini bajarishiga taʼsir qilishi mumkin boʼlgan boshqa holatlar yuzaga kelganligi toʼgʼrisida bunday oʼzgarishlar, holatlar yuzaga kelgan kundan boshlab 5 (besh) kalendar kuni ichida MMTni xabardor qilish va zarur boʼlsa kredit hujjatlariga qoʼshimcha kelishuvlarni MMT bilan imzolash. MMT Qarz oluvchi tomonidan ushbu moddada koʼrsatilgan majburiyatlar bajarilmaganligi sababli Qarz oluvchi tomonidan MMT xabarnomalari olinmaganligi yoki uchinchi shaxs tomonidan olinganligi uchun javobgar boʼlmaydi.

10.1.9. MMTga ushbu shartnomada va Oʼzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan istalgan huquqlarini amalga oshirishida toʼsqinlik qilmaslik;

10.1.10. Qarz oluvchi ushbu Shartnoma boʼyicha oʼz huquq va majburiyatlarini MMTning yozma roziligisiz boshqa shaxsga toʼliq yoki qisman oʼtkazishga haqli emas.

10.2. Ushbu bilan Qarz oluvchi ushbu Shartnoma shartlaridan kelib chiqadigan Mikroqarz/Mikrokredit boʼyicha asosiy qarz, foizlar va/yoki boshqa toʼlovlarni toʼlash muddati kelganda, Qarz oluvchining O’zbekiston Respublikasidagi barcha banklardagi istalgan hisobraqamidan mablagʼlarni aktseptsiz, istisnosiz va chaqirib olinmaydigan hisobdan chiqarish huquqini taqdim etadi.

10.3. Qarz oluvchi Shartnoma shartlari bo‘yicha majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmagan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasidagi barcha banklarda ochilgan har qanday hisobraqamlaridan pul mablagʼlarini akseptsiz va istisnosiz hisobdan chiqarish imkoniyatini taqdim etishga va bunga to‘sqinlik qilmaslikka majburdir. Hisobdan chiqarish jarayoni operator (uchinchi taraf) orqali amalga oshirilishi mumkin bo‘lib, bunda Qarz oluvchi ushbu xizmat uchun operator tomonidan undiriladigan 2,7% gacha bo‘lgan xizmat haqi to‘loviga rozilik bildiradi. Mazkur xizmat haqi asosiy qarz, foizlar yoki boshqa shartnomaviy to‘lovlarga kiritilmaydi va alohida tartibda undiriladi.

10.4. Qarz oluvchi Mikroqarz/Mikrokredit boʼyicha to’lovlarni faqat ushbu Shartnoma shartlariga muvofiq to’lashni va to’lov uchun pul mablag’larni MMT xodimlari yoki boshqa shaxslarga naqt yoki naqtsiz shaklda taqdim qilmaslikni o'z zimmasiga oladi. To'lov MMT xodimlari yoki boshqa shaxslarga naqt yoki naqtsiz shaklda taqdim qilingan bo’lsa (pul mablag’lari MMT hisob raqamiga Mikroqarz/Mikrokredit to’lash uchun yo’naltirilganligini tasdiqlovchi fiskal chek bundan mustasno), MMT Qarz oluvchi tomondan to’langan summa uchun hech qanday javobgarlikni oʼz zimmasiga olmaydi va javobgar bo’lmaydi.

 

11. TOMONLАRNING JАVOBGАRLIKLАRI

11.1. Shartnoma majburiyatlari tomonlarning biri tomonidan bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda, ushbu tomon boshqa tomonga yetkazilgan zararlarni qoplab beradi, shuningdek Oʼzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda javobgar boʼladi.

11.2. Kredit mablagʼlarini belgilangan muddatda ajratishni kechiktirganligi uchun MMT Qarz oluvchiga kechiktirilgan har bir kun uchun kechiktirilgan kredit miqdorning 0,4% miqdorida, lekin kechiktirilgan toʼlov summasining 50 foizidan koʼp boʼlmagan miqdorda penya toʼlaydi.

 

12. FORS-MАJOR

12.1. Yengib boʼlmas kuch (fors-major) holatlarining: tabiiy ofatlar, epidemiyalar, suv toshqinlari, ushbu Shartnoma taraflarining nazorati ostida boʼlmagan boshqa hodisalarning yuzaga kelishi taraflarni ushbu Shartnoma boʼyicha majburiyatlarni bajarmaganligi yoki oʼz vaqtida bajarmaganliklari uchun javobgarlikdan ozod qiladi. Аgar majburiyatlarini bajarishga fors-major holatlari toʼsqinlik qiluvchi taraf boshqa tarafni bunday holatlar yuzaga kelganligi toʼgʼrisida 10 kunlik muddat ichida xabardor qilmasa, bu taraf ushbu holatlarni fors-major holati sifatida havola qilish huquqidan mahrum boʼladi. Yengib boʼlmas kuch holatlarini isbotlash majburiyati oʼz majburiyatlarini bajarmagan tarafga yuklatiladi.

 

 

 

 

 

13. BOSHQА SHАRTLАR

13.1. Ushbu Shartnoma MMT tizimidagi MyID xizmati orqali Qarz oluvchining raqamli identifikatsiyadan o‘tishi va shartlarini qabul qilishi bilan tuzilgan hisoblanadi va Qarz oluvchi ushbu Shartnoma boʼyicha zimmasiga olgan barcha majburiyatlarni toʼliq bajarmagunlaricha amal qiladi.

13.2. Qarz oluvchi MMT tomonidan Shartnoma shartlarini uning foydasiga qayta ko‘rib chiqilishiga, jumladan foiz stavkasini o‘zgartirish, kredit muddatini uzaytirish (prolongatsiya) yoki kredit ta’tillari (kredit ta’tillari bir yilda faqat bir marta beriladi) taqdim etilishiga rozilik bildiradi. MMT mazkur o‘zgarishlar haqida Qarz oluvchini SMS xabarnoma yoki elektron pochta orqali oldindan xabardor qiladi. Qarz oluvchi taklif etilgan o‘zgarishlarni 3 (uch) bank ish kuni ichida rad etish huquqiga ega. Agar ko‘rsatilgan muddat ichida MMTga Qarz oluvchidan rad javobi kelib tushmasa, mazkur o‘zgarishlar Qarz oluvchi tomonidan qabul qilingan hisoblanadi va ijroga qaratiladi.

Bunda, kreditni qaytarish jadvali yangidan rasmiylashtirilishi bilan undan oldin mavjud bo‘lgan kreditni qaytarish jadvali o‘z kuchini yo‘qotadi.

Agar MMT Ommaviy oferta taklifi matniga o‘zgartirishlar (qo‘shimchalar) kiritgan taqdirda, MMT bilan tuzilgan Shartnoma o‘z shartlarini o‘zgarmas holda saqlaydi va tomonlar Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarini to‘liq bajarishda davom etadilar.

13.3. Nizolar yuzaga kelgan taqdirda MMT yozuvlari ushbu Shartnoma boʼyicha ikkala tomon majburiyatlarining eng ustun dalili hisoblanadi.

13.4. Taraflarning bir-birlariga talabnomalari (xabarnomalar, xatlar va boshqa hujjatlar), ular yozma shaklda tayyorlangan boʼlsa, Qarz oluvchi/MMT tomonidan imzolangan va ushbu Shartnomada koʼrsatilgan MMT/Qarz oluvchining manzillariga buyurtmali pochta joʼnatmasi bilan yuborilgan yoki Qarz oluvchi/MMT tomonidan yetkazilgan, imzo chektirib topshirilgan yoxud Masofadan xizmat koʼrsatish kanallari yoki faks orqali boʼlsa, tegishlicha yuborilgan deb hisoblanadi.

Xabarnoma pochta kvitantsiyasida pochta boʼlimi tomonidan urilgan sanadan, xabarnomada kuryer qabul qilgan sanadan (kuryer tomonidan yetkazilgan boʼlsa) yoki xabarnomani faksimil aloqa vositasida joʼnatilgan yoki Masofadan xizmat koʼrsatish kanallari orqali joʼnatish sanasidan boshlab yuborilgan deb hisoblanadi. Ushbu Shartnomada nazarda tutilmagan holatlar yuzaga kelgan taqdirda, har ikkala taraf ham Oʼzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga amal qiladilar.

MMTning har qanday xabarnomasi, soʼrovi yuborilgan sanadan keyingi uchinchi kalendar kunida Qarz oluvchi tomonidan qabul qilingan deb hisoblanadi.

13.5. Ushbu shartnoma bo’yich kredit olish jarayonida masofaviy xizmat kanallari yoki MMT tizimi orqali Qarz oluvchi tomonidan berilgan tasdiqlar va sms kod(OTP)lar  yozma hujjatdagi imzo kabi huquqiy kuchga ega.

Tomonlar kelishadiki, raqamli shaklda tuzilgan hujjatlar Qarz oluvchi tomonidan imzolangan chop etilgan hujjatlar kabi huquqiy kuchga ega.

 

14. NIZOLARNI HAL QILISH TARTIBI

14.1 Ushbu Shartnomada nazarda tutilmagan holatlar yuzaga kelgan taqdirda, ikkala taraf ham Oʼzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga amal qiladilar.

14.2. Ushbu Shartnomadan kelib chiqadigan yoki u bilan bogʼliq, shu jumladan uni tuzish, oʼzgartirish, ijro etish, buzish, bekor qilish, toʼxtatish va haqiqiy emasligi bilan bogʼliq boʼlgan barcha nizolar, kelishmovchiliklar va daʼvolar Taraflar tomonidan talabnomalarni ushbu Shartnomaning 14.4.-bandida koʼrsatilgan tartibda yuborish orqali hal qilinadi.

14.3 Talabnoma taqdim etilgan taraf, talabnoma olingan kundan boshlab 15 kun ichida (ushbu Shartnomaning 5.4.-bandida koʼrsatilgan xabarnoma(talabnoma)ni yuborilgan holatlar bundan istisno) unga javob berishga majburdir.

14.4. Ushbu Shartnomadan yoki u bilan bogʻliq holda kelib chiqishi mumkin boʻlgan barcha nizolar, kelishmovchiliklar, talablar yoki daʼvolar, jumladan, uning tuzilishi, oʻzgartirilishi, bajarilishi, buzilishi, bekor qilinishi, amal qilishiga barham berilishi, haqiqiy emasligi, tuzilmagan deb topilishi yoki ushbu Shartnoma boʻyicha taʼminotni (toʻliq yoki qisman) qaytarib olish masalalari boʻyicha kelib chiqqan hollarda, Tomonlar oʻzaro kelishuv yoʻli bilan hal etadilar

Agar muzokaralar yoki talabnomalari/shikoyatlari/arizalari bilan almashish orqali nizolarni hal etish imkoniyati boʻlmasa, talabnomalasi/shikoyati/arizasi rad etilgan (yoki qisman rad etilgan) yoki belgilangan muddat ichida talabnomalaga/shikoyatga/arizaga javob olmagan Tomon oʻz tanloviga koʻra quyidagicha murojaat qilish haqlidir:

– “DS Legal Centre” MChJ huzuridagi doimiy faoliyat yurituvchi hakamlik sudiga, u yerda nizo mazkur hakamlik sudining Raisi tomonidan hakamlik sudining Qoidalariga muvofiq koʻrib chiqiladi; hakamlik sudining qarori yakuniy hisoblanadi va qayta koʻrib chiqilmaydi;

– yoki Mirzo-Ulugʻbek fuqarolik ishlari sudiga yoki Fargʻona tumanlararo fuqarolik ishlari sudiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda, jumladan, daʼvo  yoki sud buyrugʻi ish yurituvi tartibida, lekin ular bilan cheklanmagan holda;

– yoki notarial ijro yozuvini olish orqali, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda.

Shu bilan birga, Qarz oluvchi MMTning notarial ijro yozuvini nizosiz tartibda amalga oshirish uchun murojaat qilish huquqini tan oladi va tasdiqlaydi, bu holatlar va tartib Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilangan hollarda qoʻllaniladi.

 

15.YAKUNIY QOIDALAR

15.1 Ushbu Shartnoma bilan Qarz oluvchi, kredit tarixini shakllantirish uchun, MMT tomonidan Kredit axboroti davlat reestri, Kredit byurosi, Garov reestri Davlat unitar korxonasi va boshqa tashkilotlarga ushbu Shartnomaning tuzilish shartlari, taqdim etilgan taʼminot va majburiyatlarning bajarilishi toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni xamda Mikroqarz/Mikrokredit boʼyicha asosiy qarz, foizlar va/yoki boshqa toʼlovlarni toʼlash muddati kelganda, Qarz oluvchining O’zbekiston Respublikasidagi barcha banklardagi istalgan hisobraqamidan mablagʼlarni aktseptsiz hisobdan chiqarish maqsadida Qarz oluvchining shahsiy ma’lumotlarini  maxsus tashkilotlarga taqdim etilishiga roziligini bildiradi.

Bundan tashqari MMT хizmatlari va operatsiyalarning ayrim turlarini MMT tomonidan shartnoma asosida va uzluksiz asosda amalga oshirish uchun uchinchi tarafga topshirilsa (xizmatlar va operatsiyalarining autsorsingi), Qarz oluvchi o’zining shahsiy ma’lumotlarini va Mikroqarz/Mikrokredit boʼyicha ma’lumotlarni  ushbu uchinchi tarafga taqdim etilishiga roziligini bildiradi.

15.2 MMT va Qarz oluvchi bir birlari bilan shartnoma yuzasidan har qanday aloqa vositalari (telefon, pochta, elektron pochta va x.k) orqali bog’lanishlari mumkin.

 

«Agat Credit» AJ MMT

Manzil: Buyuk Ipak Yo’li 127a      

STIR: 304463924

ОПЕРУ ЧАБ "Трастбанк"

MFO: 00491

H/r: 2021 6000 9006 9756 3001

Tel:(71) 205 80 20

E-mail: agat.credit@gmail.com

 

«Agat Credit» AJ MMT

А.P.Dmitriyev


Ariza yuboring

Aloqa maʼlumotlaringizni kiriting, mutaxassisimiz siz bilan tez orada bog‘lanadi.

Ariza yuboring

Aloqa maʼlumotlaringizni kiriting, mutaxassisimiz siz bilan tez orada bog‘lanadi.

Toshkent
Samarqand
Buxoro
Xorazm
Farg‘ona
Andijon
Namangan
Jizzax
Navoiy
Sirdaryo
Surxondaryo
Qashqadaryo
Qoraqalpog‘iston