Moliya sektori uchun
dasturiy ta’minotning yetakchi yetkazib beruvchisi hisoblangan CS kompaniyasi
kompaniya balansini hisobga olish (jumladan kredit bitimlarini ham) va O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy banki oldida tartibga soluvchi hisobotni shakllantirish
uchun bek-ofis yechimini muvaffaqiyatli joriy qildi – B2ng::FIN Agat Credit
mikromoliyaviy kompaniyasiga.
2023-yilda 25 yildan buyon
moliyaviy xizmatlar sohasida faoliyat olib borayotgan Gruziyaning Crystal mikromoliyaviy kompaniyasi bilan bog‘liq
investitsiyaviy platforma Lotus Impact Finance mahalliy Agat Credit (“Mikromoliya
tashkiloti” MCHJ) mikromoliya kompaniyasining aksiyadoriga aylangan holda O‘zbekiston
Respublikasi bozoriga chiqdi.
Eng ilg‘or global amaliyotlarni
joriy etish va o‘zbekistonlik mijozlar uchun mikromoliyalashtirishning maqbul
tajribasini yaratish maqsadida Agat Credit o‘zining AT infratuzilmasini to‘liq
yangilaganini e’lon qildi. Ushbu qaror zamonaviy talablarga moslashish
va moliyaviy faoliyatga ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish bo‘yicha strategik qadam sifatida belgilandi.
AT infratuzilmasini
yangilash loyihasini amalga oshirish maqsadida Agat Credit bir necha vendorlarni
jalb qilib, ulardan biri CS kompaniyasi bo‘ldi. CSning vazifasi B2ng::FIN bek-ofis yechimini amalga oshirish bo‘ldi.
B2ng::FIN Agat
Kreditning kredit jarayonlari va bek-ofis operatsiyalarini to‘liq avtomatlashtirishni ta’minlaydi: kredit uchun arizani qabul
qilishdan tortib to uni to‘liq qoplash yoki muammoli qarzdorlikni
qayta ishlashgacha bo‘lgan
jarayonlarni qanrab oladi.
Shuningdek, B2ng::FIN
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki uchun majburiy hisobotlarni
shakllantiradi va kredit tarixi byurolari bilan integratsiyani ta’minlaydi.
B2ng::FIN
sozlamalarining moslashuvchanligi tufayli Agat Credit mustaqil ravishda,
keyinchalik CSni jalb qilmagan holda ko‘plab kredit
mahsulotlarini sozlashi, biznes jarayonlariga yoki tizim harakati mantig‘iga qo‘shimcha nazorat va cheklovlarni
kiritishi, shuningdek, ma’lumotlar bazasida saqlanadigan turli ko‘rsatkichlarda hisobotlarni tuzishi mumkin.
Taras Leskiv,
Loyiha
BV, CS
“Oʻzbekiston moliyaviy xizmatlar bozori CS uchun yangilik hisoblanmaydi. Biroq bu Oʻzbekistondagi
moliyaviy kompaniyada birinchi marta amalga oshirildi. Loyihada ishtirok etgan
jamoa aʼzolarining yuqori professionalligi tufayli biz qisqa vaqt ichida Agat
Credit kompaniyasini B2ng::FINda ishlashga oʻtkazishga muvaffaq boʻldik. Qoʻshimcha ravishda men Lotus kompaniyasi menejerlari jamoasiga turli vendorlar va bevosita Agat Credit xodimlari
oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni muvofiqlashtirgani uchun minnatdorchilik
bildirmoqchiman, bu esa ishlar roʻyxatida va amalga oshirilgan funksionallikda
sezilarli oʻzgarishlarsiz loyihani oʻz vaqtida amalga oshirishga yordam berganini aytmoqchiman” .
Manuchar
Chitaishvili, “Agat Credit” Bosh direktori
“Biz O‘zbekiston
mikromoliya bozoriga asosiy tizimning xalqaro texnologik yechimini joriy etgan
birinchi kompaniya bo‘lganimizdan mamnunmiz. Ushbu tatbiq “Agat Credit”ni
institutsional yetuklikning yangi darajasiga olib chiqib, bu bizga zamonaviy
texnologiyalar toʻplamini yaratishga imkon berdi va eng muhimi, tartibga
soluvchimiz tomonidan oʻrnatilgan hisobot va risklarni boshqarish
standartlariga muvofiqligini ta’minlash imkonini berdi. Biz core-tizimining
funksionalligi va arxitekturasini, shuningdek, CS kompaniyasi xodimlarining boy
tajribasi va professionalligini yuqori baholaymiz. Lotusning yordami tufayli
biz loyihani eng qisqa vaqt ichida muvaffaqiyatli yakunlay oldik”.
Giorgiy Janelidze,
loyihasi rahbari, Lotus Impact Finance
“Yangi tizimga
o‘tish, ayniqsa, yangi texnologiya infratuzilmasini yaratish va yangi biznes
modeliga moslashish zarurati tug‘ilganda har doim qiyin vazifa hisoblanadi.
Shunga qaramasdan, biz mahalliy va xalqaro miqyosda ko‘plab integratsiyalarni
muvaffaqiyatli amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldik. CS bilan hamkorligimiz
bebahodir. Katta tajribaga ega yuqori malakali mutaxassislardan iborat CS
jamoasi loyihaning muvaffaqiyatida hal qiluvchi rol o‘ynadi. Ularning
tajribasi, ishchi axloqi, shuningdek “Agat Credit” bilan sodiqlik va hamkorlik
tufayli biz loyihani muvaffaqiyatli yakunlay oldik. Barcha manfaatdor
tomonlarning fidoyiligi tufayli biz bunga samarali va natija bilan erishdik,
O‘zbekistondagi mazkur tarmoq uchun yangi standartni belgilab oldik. Men Lotus
jamoamiz ishidan faxrlanaman, chunki ularning fidoyiligi va sa’y-harakatlari
ham hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi.
Введите ваши данные и наш менеджер свяжется с вами в ближайшее время
Введите ваши данные и наш менеджер свяжется с вами в ближайшее время