24.08.2026
Город
4 500 000 dan 6 000 000 so'm gacha so'm/oy.
Qarzdorlikni undiruv bo'limi xodimi
Vazifalar:
Qarzdorlar bilan aloqa qilish va hamkorlikda ishlash: turli aloqa kanallari orqali joriy qarzdorlar bilan aloqa o‘rnatish;
Qarzdorning moliyaviy ahvolini tahlil qilish. Qarzni qaytarish imkoniyatini aniqlash va muammolarni hal qilishning individual rejalarini ishlab chiqish;
Qarzdorlikni so‘ndirish jarayonini boshqarish. Qarzdorlikni so‘ndirish jarayonini qo‘llab-quvvatlash va monitoring qilish;
Regulyativ me’yorlar va siyosatlarga rioya qilish: Ishni amaldagi qonunchilik va bank siyosatiga muvofiq amalga oshirish;
Jarayonlarni ishlab chiqish va optimallashtirish: Samaradorlikni oshirish va mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash maqsadida qarzdorlikni so‘ndirishni boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar berish va ularni tatbiq etish.
Talablar:
O‘rta maxsus, tugallanmagan oliy yoki oliy ma’lumot;
Shu kabi lavozimda ish tajribasiga ega bo‘lish shart;
Qarzdorlikni undirish masalalari bo‘yicha amaldagi qonunchilikni bilish;
Vaqt cheklangan sharoitda katta hajmdagi turli ma’lumotlar bilan samarali ishlash qobiliyati;
Sodda va tushunarli, savodli muloqot qila olish;
Garov mulki bilan ishlash tajribasi;
Qarzdorlikni undirishning to‘liq sikli bo‘yicha ish tajribasi.
Shart-sharoitlar:
Raqobatbardosh, kelishilgan ish haqi + KPI;
Kasbiy o‘sish va rivojlanish imkoniyatlari;
Professionallar va ahil jamoada ishlash;
Xodimlar tomonidan stajirovka;
Besh kunlik ish haftasi (Dushanba-Juma), 9:00 dan 18:00 gacha;
O‘zR Mehnat kodeksiga muvofiq ishga rasmiylashtirish.